Azal shundoq

Azal shundoq - topishmoq qiyin,
Abad shundoq - ajralmoq oson.
Mn sn bilan xayrlashaman
Endi yordam brmaydi osmon.

Ko'zlaringni unutdim mana,
Mni xayol avradi zimdan.
Yillar hukmin o'tkazdi yana
O'chdi aziz siymong yodimdan.

Bildim, yana angladim oxir,
Ishq - bu nurdir, mn nursiz ado.
Sn svmasang qiyomatmi, ayt?
Axir, mni svadi Xudo!

Endi mnga aziz emassan,
Ko'rganida quvonmas ko'zim.
Snla borib bo'lmas Xudoga
Va qiblaga o'xshamas yuzing.
